DARRASOLDI
DARRASOLDI, durrasoldi – bolalar va o’smirlar o’yini. O’yinga qatnashuvchilar davra qurib o’tiradilar. Bir kishi eshilgan belbog’ (darra)ni qo’liga ushlab, davra atrofida aylanadi va darrani o’tirganlardan birining orqasiga bildirmay tashlab ketadi, o’zi esa joy topib o’tirib olishga harakat qiladi. O’tirgan odam orqasiga darra tashlanganini sezib qolsa, o’rnidan tez turib, darrani oladi va darra tashlovchini quvlaydi, yetib olsa darra bilan urib, davrani aylantirib chiqadida, darrani unga berib o’z o’rniga o’tiradi. Darra tashlagan kishi joy topib o’tirib olishga ulgursa, darrali odam davra aylanishini davom ettirib, darrani boshqa birovning orqasiga tashlaydi. Mabodo kishi o’z orqasiga darra tashlanganini bilmasa, unda darra tashlovchi uni urib davrani aylantiradi va darrani unga berib, o’zi uning o’rniga o’tiradi. O’yin shu zaylda davom etadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz