Darra




Darra — 1) 20-asr boshlarigacha Turkistondagi xonliklarda tan jazosiga hukm etilganlarni jazolash uchun ishlatilgan qamchinning bir turi. Eni 4—5 sm li 2—3 qavat qayish tasmadan tikilib dastasi yogʻochdan ishlangan. Badanga qattiq tegsin uchun tasmalar orasiga qum solib tikilgan; 2) bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkaziladigan darrasoldi oʻyinida ishlatish uchun eshib, ikki qavat qilib buralgan belbogʻ yoki roʻmolcha.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz