Daroyi
Daroyi , doroyi — ertapishar jaydari uzum navi. Oq va pushti (kizil) xillari bor. Tupi oʻrtacha usadi. Onalik guli rivojlangan. Bargi oʻrtacha, uch boʻlakli, kam kertikli, toʻq yashil, sirti silliq Oq D.ning uzum boshi oʻrtacha (200—250 g), keng konussimon, shingillari zich. Gʻujumi oʻrtacha, tuxumsimon, oq-koʻkish, karsillaydi, etdorligi va mazasi oʻrtacha, pusti qalin. Iyul oxiri — avgust boshlarida pishadi. Tarkibida 15—19% qand bor. Gektaridan 100—200 s hosil beradi. Qizil D. uzum boshining kattaligi 350—400 g, gʻujumi yirik. Rangi toʻq pushti, tarkibida 18—20% kand bor. Hosildorligi 200 s/ga boradi. Hosil sifati va miqdori jihatidan Chilla-ki uzum naviga nisbatan ancha ustun. D. novdalari 12—18 koʻz qoldirib kesilib, sugʻoriladigan yerlarda ustirilsa, yaxshi hosil beradi. Sovuqqa, zamburugʻ kasalliklariga chidamsiz. Oʻzbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Fargʻona viloyatlari, qoʻshni davlatlarda oʻstiriladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org