DAROYI



DAROYI, Doroyi — ertapishar jaydari uzum navi. Oq va pushti (kizil) xillari bor. Tupi o’rtacha o’sadi. Onalik guli rivojlangan. Bargi o’rtacha, uch bo’lakli, kam kertikli, to’q yashil, sirti silliq oq Daroyining uzum boshi o’rtacha (200-250 gramm), keng konussimon, shingillari zich. G’ujumi o’rtacha, tuxumsimon, oq-ko’kish, qarsillaydi, etdorligi va mazasi o’rtacha, pusti qalin. Iyul oxiri — avgust boshlarida pishadi. Tarkibida 15-19% qand bor. Gektaridan 100-200 tsentner hosil beradi. Qizil Daroyi uzum boshining kattaligi 350-400 gramm, g’ujumi yirik. Rangi to’q pushti, tarkibida 18-20% qand bor. Hosildorligi 200 tsentner/gektar boradi. Hosil sifati va miqdori jihatidan Chillaki uzum naviga nisbatan ancha ustun. Daroyi novdalari 12-18 ko’z qoldirib kesilib, sug’oriladigan erlarda ustirilsa, yaxshi hosil beradi. Sovuqqa, zamburug’kasalliklariga chidamsiz. O’zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg’ona viloyatlari, qo’shni davlatlarda o’stiriladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz