DAROMAD DEKLARATSIYASI



DAROMAD DEKLARATSIYASI – moliya yoki kalendar yilida fuqarolar (jismoniy shaxslar) tomonidan soliqqa tortiladigan jami daromadlari ko’rsatilgan va davlat organlariga taqdim etiladigan xabarnoma. Jahondagi barcha rivojlangan mamlakatlarda mulk deklarasiyasi bilan bir qatorda joriy qilingan. O’zbekistonda “O’zbekiston Respublikasi fuqarolaridan va fuqaroligi bo’lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’g’risida” (1991 yil 15 Fevral) qonuniga ko’ra, o’zining asosiy ish joyidan chetda daromad topgan jismoniy shaxs Daromad Deklaratsiyasini hisobot yilidan keyingi yilning 1 apreldan kechiktirmay o’zining istiqomat joyidagi soliq organiga taqdim etishi shart. Tamom bo’lgan kalendar yilida faqat asosiy (xizmat, uqish) joyida mehnat vazifalarini bajarishdan daromad olgan jismoniy shaxslar shu yil uchun olingan daromadlari haqida Daromad Deklaratsiyasi taqdim etmaydilar. Muddatida takdim qilinmagan Daromad Deklaratsiyasi uchun yoki noto’g’ri ma’lumotlar berilib daromadlar yashirilganda fuqarolar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz