DAROMAD



DAROMAD — keng ma’noda kirim bo’lgan har qanday pul mablag’lari yoki pul qiymatiga ega bo’lgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy sub’yekt uz faoliyati natijasiga kura oladigan pul va tovar — moddiy tushum. Daromad pul va moddiy shaklga ega bo’lib, ularning yig’indisi jami Daromadni hosil qiladi. Daromad egalik nuqtai nazaridan aholi Daromadi, korxona (korporativ) Daromadi va davlat Daromadiga bo’linadi. Aholiga tegadigan Daromad ish haqi, foyda, foiz, renta, dividend shakllariga ega.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz