Daroim
Daroim — Toharistonning janubidagi Badaxshonda joylashgan tarixiy tuman. Ilk oʻrta asr Xitoy manbalarida u Ximotalo mulki nomi bilan mashhur. Stan Szannnt yozishicha, u Kishmdan sharkda joylashgan, hududi butunlay togʻlardan tashkil topgan, aholisi badjahl, beshafqat, turkiylarga oʻxshab kiyinishgan. Iqlimi sovuq boʻlsa ham, yerlari unumdor. Ayollar oʻziga xos bosh kiyim kiygan. Bu yerda bir qancha qalʼalar boʻlsada, aholi oʻtovlarda yashab, koʻchmanchi hayot tarzi kechirishgan. D.ning birinchi podshosi saklarash boʻlib, unga koʻp xalqlar tobe edi. Turkiy qavmlar bilan qoʻshnichilik unga kuchli taʼsir qilgan, natijada D. aholisi ularning kup odatlarini oʻzlashtirib olgan. 20-asr boshida bu tu-manda 27 ta qishloq mavjud edi, ularning aholisini tojiklar, qarluqlar, belujlar va hazoralar tashkil etgan; aholi dehqonchilik bilan mashgʻul boʻlib, koʻp miqdorda bugʻdoy yetishtirgan.
Adabiyot
uz.wikipedia.org