Darmon shoʻrva




Darmon shoʻrva — xalq tabobatida kam quvvat odamlar, darmonsizlangan bemorlarga parhez buyuriladigan suyuq ovqat. Asosan parranda — xoʻroz, joʻja, qirgʻovul, bedana va b. ilvasinlardan tayyorlanadi. Qozonga sovuq suv quyib, pat va chavoqlardan tozalangan parranda butunligicha solinadi, qaynab chiqqach, koʻpigi olinib, piyoz solinadi, suyet olovda mildiratib qaynatiladi. [[Shoʻrvaga tuz, ziravorlar, oshkoʻklar, piyoz, toʻgʻralgan qizil sabzi, kartoshka, pomidor, chuchuk qalampir ham solish mumkin. Joʻja, bedana 1 soat, xoʻroz esa 2—2,5 soat davomida pishiriladi (qarang [[Shoʻrva).

Adabiyot






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz