DARMON SHO’RVA



DARMON SHO’RVA — xalq tabobatida kam quvvat odamlar, darmonsizlangan bemorlarga parhez buyuriladigan suyuq ovqat. Asosan parranda — xo’roz, jo’ja, qirg’ovul, bedana va boshqalar ilvasinlardan tayyorlanadi. Qozonga sovuq suv quyib, pat va chavoqlardan tozalangan parranda butunligicha solinadi, qaynab chiqqach, ko’pigi olinib, piyoz solinadi, suet olovda mildiratib qaynatiladi. Sho’rvaga tuz, ziravorlar, oshko’klar, piyoz, to’g’ralgan qizil sabzi, kartoshka, pomidor, chuchuk qalampir ham solish mumkin. Jo’ja, bedana 1 soat, xo’roz esa 2-2,5 soat davomida pishiriladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz