DARLINGTONIYA
DARLINGTONIYA (Darlingtonia californica) — sarratseniyadoshlar oilasiga mansub ko’p yillik hasharotxo’r o’t. Kaliforniyaning Serra-Nevada botqoqliklarida o’sadi. Barglari naysimon ko’zachaga o’xshaydi, uchi olabula, qayrilgan, baliq dumiga o’xshab ketadigan rangdor ortig’i bor. Bargining ichki sirti pastga qaragan tuklar bilan qoplangan, ularning orasida shiradonlar bor. Shiraga kelgan hasharot barg ichiga tushsa, tashqariga chiqa olmay, nobud bo’ladi, chirituvchi bakteriyalar ta’sirida parchalanadi; parchalanishdan hosil bo’lgan mahsulotlarni barg so’rib oladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz