Darling




Darling (yuqori oqimida — Baruon) — Avstraliyadagi daryo, Murrey daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 2740 km. Havzasining mayd. 650 ming km (baʼzi maʼlumotlarga koʻra 410 ming km). Nyu-Inglend tizmasining gʻarbiy yon bagʻirlaridan boshlanib, quyi oqimida chala choʻldan oqadi. D. serirmoqdaryo, unga Paru, Uorrego, Makkuori va b. irmoqlar quyiladi. Daryoning suv sat-hi baʼzan 6–8 m koʻtariladi. Oʻrtacha suv sarfi 42 m’/sek. Yoz oylarida quyi oqimi qurib qoladi va oʻzanida koʻllar vujudga keladi. Daryo toʻlib oqqanda Byork sh.dan quyi oqimigacha kemalar qatnaydi. Sugʻorishda foydalaniladi.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz