DARLING



DARLING (yuqori oqimida — Baruon) — Avstraliyadagi Daryo, Murrey daryosining o’ng irmog’i. Uzunligi 2740 kilometr. Havzasining maydoni 650 ming kilometr kvadrat (ba’zi ma’lumotlarga ko’ra 410 ming kilometr kvadrat). Nyu-Inglend tizmasining g’arbiy yon bag’irlaridan boshlanib, quyi oqimida chala cho’ldan oqadi. Darling serirmoqdaryo, unga Paru, Uorrego, Makkuori va boshqa irmoqlar quyiladi. Daryoning suv sathi ba’zan 6-8 metr ko’tariladi. O’rtacha suv sarfi 42 metr/sekund. Yoz oylarida quyi oqimi qurib qoladi va o’zanida ko’llar vujudga keladi. Daryo to’lib oqqanda Byork shahridan quyi oqimigacha kemalar qatnaydi. Sug’orishda foydalaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz