Dark horse
Dark horse (yoki qora ot) — bu vaziyatda, ayniqsa, bir nechta raqiblar ishtirok etgan musobaqada koʻzga tashlanadigan, ilgari mashxur boʻlmagan shaxs yoki narsa. Uning hatto hujjatlarda muvaffaqiyat qozonishi dargumon, ammo hali ham gʻoliblikka erishishi mumkin va odatda ular yakunda muvaffaqiyatga erishadilar.
Kelib chiqishi
Bu atama qimor shinavandalariga aniq boʻlmagan va shuning uchun pul tikish koeffitsientini belgilash qiyin boʻlgan poyga otining ot poygasida qatnashishi ortidan kelib chiqqan.
Kontseptsiya haqidagi birinchi eslatma Benjamin Disraelining „Yosh gertsog“ (1831) romanida uchraydi. Disraelining bosh qahramoni Avliyo Jeyms gersogi ot poygasida kutilmagan natija bilan gʻolib boʻladi va quyidagi soʻzlarni aytadi: „Hech qachon xayoliga ham kelmagan, beparvo Sent Jeymsning ro‘yxatda ham ko‘rmagan qora oti, tribuna oldidan yugurib o‘tdi va gʻalaba qozondi“.
Siyosat
Kontseptsiya siyosiy kontekstlarda Eron, Filippin, Rossiya, Misr, Finlandiya, Kanada, Buyuk Britaniya va Qoʻshma Shtatlarda qoʻllaniladi .
Siyosiy nuqtai nazardan, kontseptsiya Qoʻshma Shtatlarga oʻn toʻqqizinchi asrda birinchi marta Demokratik partiyaning 1844-yilgi prezidentlikka nomzodligi qoʻyilib, koʻpgina taniqli davlat arboblari ustidan gʻalaba qozongan, deyarli mashxur boʻlmagan Tennessi shtati siyosatchisi Jeyms K. Polkga nisbatan qoʻllanilganda paydo boʻldi. Polk oʻz partiyasining milliy nomzodlar qurultoyida toʻqqizinchi ovoz berishda nomzodlikni qoʻlga kiritdi va mamlakatning oʻn birinchi prezidenti boʻldi.
Qoʻshma Shtatlar prezidentligiga erishgan muvaffaqiyatli qora ot nomzodlari quyidagilardir:
Ehtimol, Amerika tarixidagi ikkita eng mashhur muvaffaqiyatga erisha olmagan qora otli prezidentlikka nomzodlardan biri — Nebraska shtatidan uch muddatli kongressmen demokrat Uilyam Jennings Brayan boʻlib, U 1896-yilgi Demokratik Milliy Konventsiyada oʻzining mashhur „Oltin xochi“ nomli nutqi bilan kuchli taassurot qoldirgan boʻlsada, prezidentlik lavozimiga yetisha olmaydi. (Brayan yana ikki marta Demokratik prezidentlikka nomzodlikni qoʻlga kiritadi va Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat kotibi lavozimida ishlaydi). Ana shunday nomzodlarning ikkinchisi respublikachi biznesmen Vendell Uilki boʻlib, 1940-yilgi Respublikachilar milliy qurultoyida oltinchi ovoz berishdagi nomzodligidan avval hech qachon davlat lavozimida ishlamagan va faqat partiyaga qoʻshilgan boʻlsa ham 1939-yilda nomzodlar safida boʻlishga erishdi.
AQSh senatori Berni Sanders qora otli nomzodning yana bir klassik namunasidir, uning 2016-yilgi Demokratik partiya prezidentlik saylovoldi tashviqotida partiyadan prezidentlikka nomzod boʻlish uchun birinchi raqamli raqib Hillari Klintonni agʻdarish uchun kutilganidan ancha koʻp ovoz yigʻishga muvaffaq boʻlgan.
Qoʻshma Shtatlardan tashqari, qora otning holati quyidagi shaxslar hayotiga bogʻliq:
Musiqa, televizion koʻrsatuvlar va kinoda foydalanilishi
Bundan tashqari, Oscar mukofoti (Kinematografiya sanʼati va fanlari akademiyasi tomonidan beriladi) kabi mukofotlarga ajablantiradigan yoki yutish ehtimol boʻlmagan holda gʻoliblikka erishgan nominatsiyalar sohiblari ham qora otlar deb ataladi.
Gitarachi va qoʻshiqlar muallifi George Harrison The Beatles guruhining „qora ot“i laqabini olgan, chunki uning qoʻshiq muallifi va vokalchisi sifatida koʻrinishi keyinchalik The Beatles karerasida, ayniqsa Abbey Road albomi premyerasidan soʻng kutilganidan ham ortiqroq darajaga oshdi. Harrison oʻzining yakkaxon konsert dasturini Dark Horse Records deb nomladi, keyinchalik shu nomli albom va „Dark Horse“ deb atalgan qoʻshiqni keng omma eʼtiboriga havola qildi.
Switchfootning „ Dark Horses“ qoʻshigʻi Amerika boʻylab uysiz va koʻcha bolalariga („Dark Horses“) yordam beruvchi StandUp for Kids tashkilotidan ilhomlangan tarzda yatratilgan.
Mark Helprinning "Qish ertagi " romani 24-bobi „Oq ot va qora ot“ deb nomlanib, bu bobda Praeger de Pintoning Nyu-York meri lavozimida eng muhim nomzod sifatida faoliayt yuritganligiga ishora qiladi.
2013-yilda Katy Perrining " Dark Horse " nomli qoʻshigʻi Prism toʻrtinchi studiyaviy albomiga kiritildi. Bu albomdan chiqarilgan uchinchi yakkaxon ijro edi va toʻrt hafta davomida Billboard Hot 100 roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi.
Sportda foydalanilishi
Bu atama sportda kutilmaganda musobaqada kutganidan koʻra yuqoriroq natijaga erishgan jamoalar va sportchilarni tasvirlash uchun ishlatilgan. Bunga misol qilib, 2012-yilgi Stenli kubogi pley-off bosqichida Los-Anjeles Kings (pley-offda 8-oʻrinni egallagan boʻlishiga qaramay yakunda 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan, bunday muvaffaqiyatga erishgan birinchi va yagona jamoa) va 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatida Xorvatiya (FIFA Jahon reytingida 20-oʻrinda boʻlishiga qaramay chempionat soʻnggida 2-oʻringa qadar koʻtarila olgan) jamoalarini aytish mumkin.
Manbalar
uz.wikipedia.org