Dario Đumić




Dario Đumić (talaffuzi: Dario Djumich; 1992-yil 30-yanvarda tugʻilgan) — Bosniyalik professional futbolchi, 2. Bundesliga klubi SV Sandhausen va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Đumić professional faoliyatini Norwich Cityda boshlagan, 2010-yilda „Brøndby“ga oʻtgan. Olti yil oʻtgach, NECga qoʻshildi. 2017-yilda Đumić „Utrecht“ga oʻtdi, 2018-yilda Dresdenning „Dynamo“siga qoʻshildi. 2019-yilda „Darmshtadt 98“ga ijaraga berildi. Keyingi yili „Twente“ga oʻtdi. SV Sandhausen bilan 2022-yilda shartnoma imzoladi.

Daniya yoshlar terma jamoasining sobiq futbolchisi Đumić 2017-yilda Bosniya va Gersegovina terma jamoasi safida debyut qilgan.

Klublardagi faoliyati



Ilk faoliyati



Bosniya urushi boshlanganligi sababli Đumićning oilasi oʻzining vatani Bosniya va Gersegovinadan qochib, Daniyaga koʻchib oʻtdi va u yerda Đumić mahalliy klublarda futbol oʻynay boshladi, 2008-yilda Angliyaning Norwich City jamoasi yoshlar akademiyasiga qoʻshildi. 2009-yil 10-noyabrda 17 yoshida „Swindon Town“ga qarshi oʻyinda professional debyut qilgan.

2010-yil yanvar oyida Đumić Brøndbyga koʻchib oʻtdi. 2011-yilning 4-dekabrida birinchi professional golini Køge darvozasiga kiritdi.

2016-yil fevral oyida Gollandiyaning NEC jamoasiga oʻtdi.

Utrecht



2017-yilning iyul oyida Đumić nomaʼlum toʻlov evaziga Utrechtga oʻtdi. 16-avgust kuni Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubiga qarshi UEFA Yevropa Ligasi pley-off bosqichida klub safida rasmiy debyut qildi.

2018-yil iyun oyida Đumić Germaniya vakili Dresdenning „Dynamo“ jamoasiga mavsumiy ijaraga yuborildi.

2019-yil iyul oyida mavsum oxirigacha „Darmshtadt 98“ga ijaraga berildi.

Twente



2020-yilning sentabrida Đumić Twente bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Jamoadagi debyutini 25-sentyabr kuni „Groningen“ga qarshi oʻtkazdi. 2021-yilning 17-yanvarida „Twente“ safidagi ilk golini xuddi shu raqib darvozasiga kiritdi.

SV Sandhausen



2022-yil yanvar oyida Đumić SV Sandhausenga qoʻshildi.

Xalqaro faoliyati



Daniyanining turli yoshlar darajasidagi jamoalarida oʻynagan. Keyin Đumić Bosniya va Gersegovina safida oʻynashga qaror qildi.

2016-yilning avgustida sport fuqaroligini Daniyadan Bosniyaga oʻzgartirish haqidagi iltimosi FIFA tomonidan maʼqullangan edi. Keyinchalik, 2017-yilning mart oyida Gibraltarga qarshi 2018-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyini va Albaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun ilk chaqiruvlarini oldi.

7-oktyabr kuni 2018-yilgi Jahon chempionati saralashida Belgiyaga qarshi oʻyinda Đumić terma jamoasidagi birinchi golini urdi.

Shaxsiy hayoti



Dumić Janubiy Daniya universitetining huquqshunoslik bakalavriatini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

Faoliyat statistikasi



Klubda




9-noyabr, 2022-yilgi holat boʻyicha[18]

Xalqaro




10-oktyabr, 2017-yilgi holat boʻyicha[19]

Ballar va natijalar roʻyxati birinchi boʻlib Bosniya va Gersegovinaning gollari soni, ballar ustuni esa Đumićning har bir golidan soʻng hisobni koʻrsatadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz