DARIO



DARIO (Dario) Ruben (taxallusi; asl ism-sharifi Feliks Ruben Garsia Sarmento; 1867.18.1, Metapa — 1916.6.2, Leon) — Nikaragua shoiri, jurnalist. Uzoq vaqt Yevropada yashagan. “Epistolalar va she’rlar. Birinchi ohanglar” (1885) nomli ilk to’plami romantik ruhda. “Moviylik” (1888), “Majusiylik qo’shiqlari” (1896) she’riy to’plamlari hamda zamonaviy yozuvchilar to’g’risidagi “buyuklik” (1893) esselar kitobi amerikalik ispan tilli adabiyotga yangi modernizm ruhini olib kirgan. Dario ijodiga frantsuz adabiyotida mavjud bo’lgan Parnas oqimi kuchli ta’sir ko’rsatgan. “Umr va umid qo’shiqlari” (1905) she’riy to’plamida ijtimoiy mavzu asosiy o’rinni egallaydi. “Daydi qo’shiq” (1907) to’plamidagi ko’pgina she’rlari hayotga muhabbat ruhi bilan sug’orilgan. Zamondoshlarini ma’naviy izlanishlarini, ruhiy azob-uqubatlarini haqqoniy aks ettirgan Dario she’riyat islohotchisi sifatida ispan tilli Amerika adabiyoti taraqqiyotiga munosib ulush qo’shgan. 20-asr 80-yillarida Lotin Amerikasi adabiyotini jahon miqyosiga olib chiqqan. G. G. Markes, X. Kortosar, X. Rulfo kabi yozuvchilar Dario ijodidan unumli foydalanishgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz