Darwin Daniel Machís Marcano




Darwin Daniel Machís Marcano (ispancha: Darwin Daniel Machís Marcano;) 1993-yil 7-fevralda Venesuelaning Tucupita shahrida dunyoga kelgan futbolchi hisoblanadi. „Granada“ klubi va Venesuela terma jamoasida hujumchi sifatida faoliyat olib boradi.

Jamoalardagi faoliyati



Machis professional faoliyatini „Mineros Guayana“da boshlagan. 2011-yil 21-avgustda „Estudiantes de Merida“ga qarshi oʻyinda Darvin Venesuela Primerasida debyut qilgan . „Yarakuyanos“ga qarshi duelda Darvin „Mineros Guayana“ uchun birinchi golini raqib darvozasiga kiritgan. 2012-yilning yozida Machish Ispaniyaning „Granada“ jamoasiga oʻtgan. 20-avgust kuni „Rayo Valyekano“ga qarshi oʻyinda u La Ligada debyut qilgan.

2014-yil boshida Machis „Gerkules“ jamoasiga ijaraga berilgan. 17-may kuni „Alkorkon“ga qarshi oʻyinda u Ispaniya „Segnuda“ jamoasida debyut qilgan. Ijara muddati tugagach, Darvin Granadaga qaytib kelgan va asosiy jamoa uchun bir nechta oʻyin oʻtkazgan.

2015-yilning yozida Machish „Ueska“ga ijaraga oʻtgan. 22-avgust kuni „Deportivo Alaves“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 4-oktyabr kuni „Real Valyadolid“ga qarshi oʻyinda Darvin „Ueska“ safida ilk golini kiritgan. Mavsum yakunida u jamoaning eng yaxshi toʻpurarlaridan biriga aylangan. 2016-yilning yozida Darvin La Liganing yangi aʼzosi „Leganes“ga ijara asosida qoʻshilgan. 22-avgust kuni „Selta“ ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan . 29-noyabr kuni Ispaniya kubogi doirasida „Valensiya“ ga qarshi oʻyinda Machis „Leganes“ safida oʻzining birinchi golini urgan. Shartnoma muddati tugagach, u Granadaga qaytgan. „Kordoba“ga qarshi kechgan duelda u „dubl“ni amalga oshirib, klub safidagi ilk gollarini urgan. 30-oktyabr kuni Lorkaga qarshi oʻyinda Darvin xet-trik qayd etgan.

2018-yilning yozida Machish Italiyaning „Udineze“ klubiga oʻtgan. „Parma“ga qarshi oʻyinda u Italiya A seriyasida debyut qilgan. 2019-yil boshida Machis „Kadis“ga ijaraga berildi. 3-fevral kuni „Ovyedo“ga qarshi oʻyinda u yangi klub safida debyut qilgan. Xuddi shu uchrashuvda Darvin „Kadis“ darvozasiga birinchi golini urgan.

Xalqaro faoliyati



2011-yil 23-dekabrda Kosta-Rikaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Machis Venesuela terma jamoasi safida debyut qilgan.

2013-yilda Venesuela yoshlar terma jamoasi tarkibida Darvin Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Urugvay va Ekvador , Peru terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

2018-yilning 8-sentyabr kuni Kolumbiya terma jamoasiga qarshi kechgan duelda Machis terma jamoadagi ilk golini kiritgan.

2019-yilda Machis Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika Kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Peru , Braziliya , Boliviya va Argentina terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Boliviyaliklarga qarshi duelda Darvin „dubl“ qilgan.

Venesuela tarkibidagi gollari




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz