Darier kasalligi




Darier kasalligi (DAR) — irsiy keratoz kasalliklari guruhidan genodermatoz hisoblanadi, uning asosiy chaqiradigan klinik oʻzgarishlari epidermisdagi diskeratotik oʻzgarishlar va akantoliz hisoblanadi. Kasallik genodermatozlarning eng keng tarqalgan turi boʻlib nasl surishi bilan tavsiflanadi. Kasallikning kechishi erkaklarda ayollarga qaraganda ancha ogʻir boʻladi.

Bu kasallik fransuz dermatologi Ferdinand-Jan Darier tomonidan kashf etilgan autosomal dominant kasallik hisoblanadi. Darier kasallikni terida yogʻli va qoʻlansa hid chiqaradigan qalin qobiqli dogʻlar bilan tavsiflagan. Keratotik papulalar, keratosis follicularis yoki diskeratosis follicularis deb ham ataladigan bu nuqsolar koʻpincha bosh terisi, peshona, qoʻllarning yuqori qismi, koʻkrak, orqa, tizzalar, tirsaklar va quloq orqasida paydo boʻladi.

Kasallikning yengil shakllari eng keng tarqalgan boʻlib, faqat namlik yuqori boʻlganda, doimiy stress kabu kundalik hayotda uchraydigan holatda uchraydigan toshmalar bilan tavsiflangan.

Belgilari




Diagnostika



Darier kasalligining diagnostikasi koʻpincha terining koʻrinishi, nasl tarixi yoki ATP2A2 genidagi mutatsiya uchun genetik test orqali amalga oshiriladi. Epidermisda mikroskopik tekshirish paytida, diskeratoz (bitta epidermis hujayralarining gʻayritabiiy keratozi) va akantoliz, shuningdek, keratinotsitlarning gʻayritabiiy keratinizatsiyasi mahsulotlari: epidermisning yuqori qismidagi korpus tayoqchalari va donalar (donlar) tekshiriladi. Kasallikning alomatlari desmosoma-keratin filament kompleksidagi anormallik tufayli yuzaga keladi, bu esa hujayra yopishqoqligining buzilishiga olib keladi.

Darier kasalligi — bu erkaklar va ayollarda ham kuzatiladigan yuqumli kasallik. Simptomlar odatda 15 yoshdan 30 yoshgacha paydo boʻladi. Darier kasalligi tashxisi qoʻyilgan 100 nafar britaniyalik shaxsni tekshirilganda ularda neyropsixik oʻzgarishlar aniqlangan. Depressiya (30%), bipolyar buzuqlik (4%), oʻz joniga qasd qilish fikrlari (31%) va oʻz joniga qasd qilishga urinishlar (13%), shu jumladan ruhiy holatning buzilishi (50%) bemorlarda kuzatilgan.

Davolash



Darier kasalligini davolash klinik belgilarning ogʻirligiga bogʻliq. Aksariyat hollarda quyosh kremi, namlovchi losionlar, havo oʻtmaydigan kiyimlardan saqlanish kerak. Darier kasalligining ogʻir holatlarida, tez-tez qaytalanish kuzatilgan shaxslarni davolash uchun kasalxonaga yotqizish talab qilinadi. Darier kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarning aksariyati normal, sogʻlom hayot kechiradilar. Epidermal Staphylococcus aureus, inson papillomavirusi (HPV) va gerpes simplex virusi (HSV) infeksiyalari ham kasallik bilan miks holda kelishi mumkin. Bunday hollarda antibiotiklar, kortikosteroid preparatlarni qabul qilish kerak.

Doimiy tavsiyalar:

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz