DARHAM — zardo’zlikda murakkab mujassamot turi. Buyum yuzasi zamindo’zi — guldo’zi usulida ifodali yuza hosil qilib tikiladi, bunda ajoyib ranglar o’yini va tilla jilosi hosil bo’ladi. Xilma-xil choklar va rangli zamin (Baxmal) buyumni yanada boyitadi. Darham boy va hashamdor buyumlar (masalan, Buxoro amirining kiyimlari) ga mo’ljallangan. Bu mujassamotni malakali ustalargina bajara olgan. Darhamda asosan o’simliksimon naqsh qo’llaniladi, ayrim hollarda chiziqlar bilan bo’lingan maydonda romblar hosil qilingan, ularga o’simliksimon gullar ham kiritib boyitilgan. Bunday uyg’unlik an’anaviy bo’lib, tarixi 12-13-asrlarga borib taqaladi. Davrlar davomida guli va tikilish usuli murakkablashib borgan, ijrosi mukammallashgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish