DARG’ON



DARG’ON (Arabcha— to’g’on, damba, to’siq va boshqalarning ko’pligi) — o’rta asr shahar xarobasi. Hazoraspdan 130 kilometr Janubi-Sharqda, Amudaryo bo’yidan 3-4 kilometr masofada joylashgan. Darg’on mo’g’ullar istilosiga qadar yirik shahar (50 gektar) bo’lgan. Makdisiyning yozishicha, Darg’on poytaxt — Jurjoniyadan so’ng Xorazmning eng yirik shahri hisoblanib, katta jome masjidi bo’lgan. Janubiy Turkmanispgon arxeologiya-kompleks ekspeditsiyasi tomonidan o’rganilgan (1954). Hududida Darg’on ota maqbarasi (14-asr) bor. Amudaryo kechuvlarining eng asosiylaridan biri Darg’on yonida bo’lgan. Darg’ondan hozirda Darg’on qal’a, Oqqal’a yoxud ko’hna qal’a nomlari bilan mashhur qal’a xarobasi saqlanib qolgan. Uning maydoni taxminan 6 gektar, atrofi qalin (2,60 metr), balandligi 8 metr paxsa devor bilan o’ralgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz