Dargʻinlar




Dargʻinlar — Dogʻiston Respublikasida yashaydigan xalq. Umumiy soni 280,4 ming (1990-yillar oʻrtalari). Dargʻin tilida gaplashadi. Hozir dargʻinlar oʻz tarkibiga kaytag va kubachi etnografik guruhlarini singdirib bormoqda. Dargʻinlar oʻzlarini dargan, kaytaglar — xaydak, kubachilar — urbuchan deb ataydilar. Dargʻinlar haqidagi dastlabki yozma maʼlumotlar 9-asr arab mualliflarining asarlarida uchraydi. Dargʻinlar togʻli tumanlarda chorvachilik, togʻ oldi mintaqalarida bogʻ-dorchilik bilan shugʻullanadi. Hunarmandchilik (asosan miskarlik) taraqqiy qilgan. Dindorlari islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qiladilar.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz