DARG’IN TILI



DARG’IN TILI — darg’inlar tili. Dog’iston tillari guruhiga mansub. Dog’iston hududidagi 5 tuman (Akushin, Daxalayev, Qaytog’va boshqalar) hamda boshqa tumanlardagi ba’zi qishloqlarga tarqalgan. Darg’in tilida taxminan 300 mingga yaqin kishi so’zlashadi. Kavkaz (Iberiy-Kavkaz) tillari Dog’iston shoxobchasiga kiradi. Bir-biridan keskin farq qiluvchi dialektlarga ega. Masalan, akusha, uraxa (boshqacha atalishi xyurka), sudaxan, sirxa, munra, kubacha, qaytog’ (haydog’). So’nggi ikki dialektga ba’zan mustaqil til sifatida ham qaraladi. Adabiy Darg’in tiliga akusha dialekti asos bo’lgan. Fonetikasi yumshoq tanglay va kichik til ishtirok etadigan, tomoq va bo’g’iz undoshlari mavjudligi bilan farqlanadi. Leksikasida tub so’zlardan tashqari boshqa (Arab, fors, turkiy, rus) tillardan o’zlashgan so’zlar ko’pgina. 20-asr 20-yillarigacha yozuvga ega bo’lmagan, dastlab Arab grafikasi asosidagi yozuv qabul qilingan, so’ng lotin (1928-38), undan keyin (1938 yildan boshlab) kirill alifbosi asosidagi yozuvga o’tilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz