DARBOZIY



DARBOZIY, darbozi — xona sinchkori shifti tuzilishining fazoviy hajmli bir turi. Bir necha ustma-ust pogonadan tashkil topgan murakkab hovuzakli Shift. Bunda yog’och xarilarni turli shaklda terib, asosi to’rtburchak va ko’pburchakli piramida shaklida yukrriga qarab torayib boruvchi gumbazsimon Shift hosil qilinadi, tepasidan yorug’lik va havo uchun teshik — tuynuk qoldiriladi. Darvoziy usulidagi gumbazsimon shiftlar tog’lik joylardagi binolarda ko’proq uchraydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz