Darbandi
Darbandiya , Darbandi — Shim. Ozarbayjondagi tarixiy viloyat. Shirvon hukmdorlari sulolasi (1382—1538). Sulola asoschisi — Ibrohim I, uning ajdodlari Darband sh.ning hokimlari boʻlgan (sulola nomi shundan olingan). Ibrohimning vorislari — shirvonshohlardan Xalil (Xalilullox.) 1 (1417—62) va Farrux-Yosor (1462—1501) davrida Shirvon oʻz mustaqilligini saqlab qolgan. Safaviylar davlatining kuchayishi oqibatida shirvonshoh Shayxshoh (1502—24) 1519-yilda oʻzini safaviylarga vassal ekanligini tan olgan. 1538-yil Eron shohi Taxmasp 1 qoʻshinlari Shirvonni egallab, shirvonshoh Shoxruxni tutib, qatl etgan. Shirvon hukmdori etib Taxmaspning ukasi Alkas Mirzo tayinlangan.
Adabiyot
uz.wikipedia.org