Daraxtlarning urug’i qanday tarqaadi?



Kuzga borib, oq qayin, olxa, shumtol, tog’terak kabi uzun daraxtlarning mevasi pishib yetiladi. Ularning mevalari ham gullari singari ko’zga unchalik tashlanmaydi. Oq qayin va shumtolning urug’lari qo’shqanotlidir, tog’terakning urug’larida esa ingichka ipaksimon tuklar bor. Nima uchun uzun daraxtlarning urug’i bu qadar ko’rimsiz? Buning siri juda oddiy. Emandan tashqari, oq qayin, shumtol, tog’terak va boshqa ko’plab uzun daraxtlarning urug’ini shamol tarqatadi. Ammo shamolni yorqin rang yoki xushbo’y bilan jalb etib bo’lmaydi. Boz ustiga, bunday daraxtlarning urug’ida qanotlar yoki momiq bo’lib, shamolda uzoqroqqa uchishiga yordam beradi. Mevalar pishib, to’kilayotgan vaqtda bargrezon ham boshlanadi, yo’qsa, shamol yaproqlarning orasidan o’tishi va tayyor urug’larni uchirib ketishi qiyin. Ammo ayrim daraxtlar, masalan, oq qayinning mevalari shoxlarida qishgacha osilib turadi. Shumtolniki esa bahorgacha ham osilib turishi mumkin. Ammo, baribir, shamol ularni uchirib, qordagi izlar o’rnida qoplangan va ularni shamol uchirib ketadi. Boshqalari esa yer yuzasi bo’ylab yumalab tarqaydi. Qushlar urug’lar bilan oziqlangani uchun ham ularni tumshug’ida tashiydi. Ular urug’ni tishlab uchib ketayotganida, tushirib yuborishi ham mumkin. Ayrim o’tlarning urug’ida o’tkir tikanlar bo’ladi. Ular shu tikanlar yordamida o’simlik yonidan o’tayotgan odam yoki jonivorga ilashib qoladi va shu tariqa boshqa joyga ko’chadi. Ba’zi tijorat sayohatlari chog’ida ayrim o’t-o’lan urug’lari uzoqdan-uzoq masofani bosib o’tib, tasodifan dunyoning turli chekkalariga borib qolgan. Masalan, kemalar limono’tni Afrikadan yangi dunyo — Amerika qit’asiga olib borgan. O’simliklarning poyalari qullar uchun to’shak vazifasini o’tagan. Ular yerga tashlanganda, urug’lari sochilib ketgan. Shunday qilib, Afrikaning bu o’ti Shimoliy Amerikaga tarqalib ketgan. Ayrim o’tlar bir mavsum yashagach, nobud bo’ladi. Ularni har yili ekish kerak. Boshqa o’tlar esa ko’p yillikdir. Yaylovlardagi yoki sizning o’tlog’ingizdagi o’tlar yillar bo’yi o’saveradi, chunki ularning ildizi qishki sovuqlarga chidamlidir. Bahor kelishi bilan ulardan maysalar ko’karib chiqaveradi.


Manba



Mo’jiza kitobning 1-jildi


Uzpedia.uz