Sigirlar sut berishini hamma biladi. U ozuqa moddalariga boy va foydalidir. Sigirning o’rniga daraxt ham sut berishi mumkinmi? “Bo’lmagan gap”, — deyishingiz mumkin va nohaq bo’lib chiqasiz. Venesuyelada o’sadigan bir daraxtning sharbati sigir suti ta’mini eslatadi. Mahalliy aholi daraxt po’stlog’ini tilib, undan oqayotgan suyuqlikni kosaga yig’ish yo’li bilan sigir daraxtni “sog’adi”. Olimlarning fikricha, daraxt suti ham sigir suti singari to’yimlidir.
Manba
Mo’jiza kitobning 1-jildi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish