DARAXT BAQALAR (Dendrobates) — dumsiz amfibiyalar turkumining urug’i. To’mtoqbosh baqalar oilasiga mansub. Bo’yi 3-3,5 santimetr. Terisi rangbarang, chiroyli. Teri bezlari suyuq zahar chiqaradi. Asosan o’rmonlar va suv bo’ylarida yashaydi. Umrining ko’p qismi quruqlikda o’tadi, suvga kam tushadi. Daraxt baqalarning Markaziy va Janubiy Amerikada tarqalgan 10 ta turi bor. Bo’yoqchi, ya’ni ola baqa (D. tinctorius)ning zahari juda o’tkir bo’lib, katta yirtqich hayvonlarni ham bir necha minutda o’ldiradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish