DARAXT



DARAXT — tana va shoxlari yog’ochlangan ko’p yillik o’simlik. Daraxtlar bo’yiga qarab 3 guruhga: 1) 35 metrdan baland (chinor, terak, qora qayin, qarag’ay); 2) 25-35 metr (qayrag’och, yong’oq, oq qayin, tol, qatrang’i); 3) 25 metrgacha (zarang, chetan, shumurt va boshqalar) bo’linadi. Mevali Daraxtlar ham shakliga qarab 3 guruhga: 1) shoxshabbasi ko’p, baland bo’lib o’sadigan (nok, gilos, yong’oq, olmaning ayrim navlari); 2) tanasi ko’rimsiz, ildiz bachkilaridan ham ko’payadigan bo’yi past (shaftoli, olmaning pakana xillari, olcha va olxo’rining ayrim turlari va boshqalar); 3) birinchi va ikkinchi guruh oralig’idagi o’rta bo’yli Daraxtlar (olma va o’rikning ko’pchilik xillari va navlari, nok, olchaning ayrim turlari)ga bo’linadi. Daraxtlarning doim yashil va barglarini har yili kuzda to’kadigan xillari ham bor. Doim yashil Daraxt barglari vaqt-vaqti bilan to’kilib, o’rniga yangisi chiqaveradi. Daraxtlar yoshi ularning kesilgan to’nkasidan yoki o’sib turgan ildiz bo’g’zidan (parmalab olingan o’zagigacha), yog’ochligidagi yillik halqalar soniga, shuningdek, Daraxtlarning tashqi belgilari (bargakning rangi, tanasining shakli, po’stlog’ining tusi va tuzilishi)ga qarab aniqlanadi. Masalan, katta yoshdagi igna bargli daraxtlar bargining rangi ochroq, o’sishdan to’xtagan daraxtning shoxshabbasi yumaloq telpak gumbaz shaklida, tanasining pastki qismi yorilgan, qalin, o’lik po’stloq to’qimalari bilan qoplangan, ba’zan poyasi sirtida yashil, sariq va boshqa tusli buqoqlar paydo bo’ladi. Yosh daraxtlar tik o’sadi, shox-shabbasi cho’ziq konussimon, po’stlog’i silliq, yaltiroq, igna bargli daraxtlar bargi sersuv, to’q yashil. Daraxtlarni o’g’itlash yoki hosil berishini to’xtatish bilan hayotini uzaytirish mumkin. Shaftoli daraxti 15-20, saksovul 50-60, terak 70-80, tok 100, tol 300, xandon pista 350, tut va yong’oq 400, qarag’ay, shumtol, zarang 700-1000, chinor 1000, eman 2000, shamshod 3000, mamont daraxti 6000 yil yashaydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Sun'iy intellekt javobi:

Darxat — bu ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, odatda bitta yoki bir nechta qalin, yog‘ochsimon tanaga ega. Darxatlarning o‘sish uzunligi kattalashadi va ular baland bo‘lishi mumkin. Ularning asosiy vazifasi atrof-muhitga kislorod chiqarish, havo tozalash, va tabiat muvozanatini ta’minlashdir. Darxatlarning barglari fotosintez jarayonida quyosh energiyasini yutib, karbonat angidrid va suv orqali oziq moddalarga aylantiradi. Ularda mevalar, urug‘lar yoki shox-shabba orqali ko‘payadi.

Darxatlarning ko‘p turlari mavjud bo‘lib, ularning shakli, barglari turi, va yashash joylari bo‘yicha farqlanadi. Misol uchun, tog‘ darxtlari sovuq iqlimga moslashgan bo‘lsa, o‘rmon darxtlari nam va mo‘tadil iqlimda yashaydi. Daraxtlar insonlar uchun ham muhim, chunki ular yog‘och, qog‘oz, meva, dori vositalari kabi ko‘plab mahsulotlarning manbaidir. Shuningdek, darxtlar landshaft go‘zalligini oshiradi va insonlarning ruhiy salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Umuman olganda, darxtlar — tabiatning ajralmas qismi bo‘lib, sayyoramizning hayoti uchun juda zarurdir. Ularni asrash va ko‘paytirish ekologik muvozanatni saqlash uchun muhim vazifa hisoblanadi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz