DARA
DARA — ko’pincha tog’li hududlarda qattiq tub jinslarni daryo yuvishi natijasida hosil bo’ladigan tor va chuqur, tik yon bag’irli vodiy. Uning yon devorlari uzoq muddatgacha tik holatda bo’ladi. Vodiy eniga sekin o’sadi va, odatda, chuqurligi enidan ortib boradi. Dara ba’zan yer yuzasi yorilganda tektonik yo’l bilan ham vujudga keladi. Kanon va darbandan farqli ravishda tubi qisman daryo o’zani bilan band bo’ladi. O’zbekistonning turli rayonlarida vodiy, soy, soylik, tangi deb ham ataladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz