DAQYONUS



DAQYONUS, Daqqiyunus — qadimgi Rim imperatori Diokletian (boshqa bir manbalarga ko’ra desiy) ismini musulmon sharqida keng tarqalgan rivoyatlar (xususan, “ashobu Kahf”) da sharqona atalishi. Markaziy Osiyoda arablar istilosiga qadar mavjud bo’lgan shahar xarobalari, tangalar va boshqalarni qadimiyligini anglatish uchun ” Daqyonusdan qolgan” degan ibora ishlatilgan. Xorazm viloyatida joylashgan bir qator qad. shaharlarga hozirgacha afsonaviy shoh — Daqqiyunus asos solgan deb nisbat berishadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz