Dawon




Nam Da-won (koreyscha: 남다원; 1997-yil 16-aprelda tugʻilgan), Dawon nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa boʻlib, „Starship Entertainment“ va „Yuehua Entertainment“ bilan shartnoma imzolangan. U Janubiy Koreya-Xitoy qizlar guruhi „WJSN“ aʼzosi.

Faoliyati



Dawon Janubiy Koreyaning 2012-yilda efirga uzatilgan K-pop Star 2 realiti -shousining ikkinchi mavsumida ishtirok etgan. U bir muncha vaqt oʻtgach, „Starship Entertainment“ga stajyor sifatida qoʻshilgan.

2016-yil 25-fevralda „WJSN“ guruhida oʻzining birinchi Would You Like nomli mini-albomini va uning Mo Mo Mo va Catch Me asosiy singllari chiqargan.

2016-yil 14-iyulda Dawonning birinchi saundtreki Shalala Romance Lucky Romance teleseriali uchun chiqarilgan. Keyinchalik 2016-yilda Davon 19-iyuldan 27-sentyabrgacha "JTBC" telekanalida namoyish etilgan Girls Sirit qoʻshiq tanlovida ishtirokchi sifatida namoyon boʻlgan. 2016-yilning 8-noyabrida Dawon guruhdoshi Junggigo bilan birgalikda Sweet Stranger and Me teleserialining saundtreki uchun I Will Love You Piece By Piece singlini chiqargan. 2016-yil 17-dekabrda Dawon va „WJSN“ aʼzosi Yeonjung The Snow Queen 3: Fire and Ice ruscha bolalar filmining saundtrekidan olingan Fire & Ice qoʻshigʻining koreyscha talqinini ijro etishgan. 2017-yil 5-noyabrda Revolutionary Love teleserialining bir qismi sifatida Go Ready Go saundtreki chiqarilgan.

Shaxsiy hayoti



2022-yil 22-fevralda Dawon agentligi uning havotirlanish buzilishi tufayli faoliyatini vaqtincha toʻxtatishini tasdiqladi. Hozirda u sogʻligʻiga katta eʼtibor qaratmoqda.

Diskografiyasi




Saundtreklar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz