DANTE ALIGERI



DANTE ALIGERI (Dante Alighieri) (1265.5, Florentsiya – 1321.14.9, Ravenna) — italyan shoiri. Qadimgi dvoryan naslidan. Dastlabki “Yangi hayot” (1292) asari sevgilisi Beatrichega bag’ishlangan sonetlardan va nasriy lavhalardan iborat. 90-yillar oxirida hukmron gvelflar partiyasi “oqlar” va “qoralar”ga ajralib chiqqach, Florentsiyada hokimiyat “qoralar” qo’liga o’tadi. O’sha paytda Rimda bo’lgan “oqlar” vakili Dantening mol-mulki musodara etilib, o’zi o’limga hukm etiladi. Shundan keyin Dante Florentsiyadan chiqib ketadi (1302) va umrining oxirigacha darbadarlikda yashaydi, siyosat bilan shug’ullanmaydi. Dante falsafiy ruxdagi “Bazm” (1308), “Monarxiya haqida” (1313), “Yer va suv haqida” (1320) risolalarida gumanistik qarashlarni ilgari suradi, davrning muhim ijtimoiyaxloqiy muammolariga javob izlaydi. Jumladan, “Monarxiya haqida” asarida Dante butun jaxrn monarxiyasini yer yuzidagi odamlarning farovonligini ta’minlaydigan adolatli davlat shakli sifatida himoya qiladi. “Komediya” Dante ijodining cho’qqisidir (1307-21). Keyinroq bu Doston “Ilohiy komediya” deb ham yuritilgan. Dante vafotidan so’ng qo’shilgan “Ilohiy” so’zi shoir ijodi muxlislari tomonidan asarning badiiy jihatdan yuksakligini ifodalash uchun qo’llanilgan. Doston 3 qism (“Do’zax”, “A’rof”, “Jannat”) dan iborat. Har bir qismda 33 ta qo’shiq bor. Doston Dantening shoir Vergiliy yetakchiligida u dunyoga sayohati tarzida yozilgan. Bu shakl Sharq obidasi “Merojnoma” syujetini eslatadi. “Komediya” an’anaviy diniy syujet asosida bo’lsada, undagi gumanizm mag’zini real dunyodagi insonlar hayoti tashkil etadi. Dante asarda insoniyat tarixining turli davrlarida yashagan kishilarning murakkab falsafiy qarashlariga munosabatini bildiradi. “Komediya”ning “Do’zax” qismidagi 4-qo’shiqda jahonning buyuk donishmandlari Demokrit, Fales, Geraklit, Evklid, Ptolemey, Gippokratlar qatorida Sharqning ulug’mutafakkirlari Ibn Sino va Ibn Rushdlar tilga olinadi. Qo’shiqda qadimgi Turon podshosining qizi, afsonaviy baliq tanli sarkarda ayol Semiramida, Misr malikasi Kleopatra faoliyatiga munosabat bildiriladi. “A’rof”da massagetlar malikasi To’maris qaxramonligi tasvirlangan. “Ilohiy komediya” badiiy yuksak bo’lishi bilan birga, kishilik jamiyati taraqqiyotida yig’ilgan bilimlarning boy xazinasidir. Dante Sharq va G’arb tafakkuri mevalarini omuxta etgan. Muallif Sharq donishmandlari Ibn Sino, Ahmad Farg’oniy, Abu Mash’ar, Muhammad Xorazmiy va boshqalarning asarlaridan foydalangan. Dante italyan adabiy tilining yaratuvchisi hisoblanadi. Uning dostoni uslubida oddiy xalq tili oliy tabaqa kishilari tiliga xos tantanavorlik, rangbaranglik va dramatizm bilan uyg’unlashib ketgan. Dante o’z davridagi ijodkorlardan farqli o’laroq butun italyan millati nomidan gapirib, uning asriy orzu-armonlarini ifodalagan. Shuning uchun ham uni o’rta asrning so’nggi shoiri va ayni paytda, yangi davrning birinchi shoiri, deyishadi. Dante ijodi italyan adabiyoti va butun Yevropa madaniyati taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi. Shoir ijodi adabiyotshunos olimlar tomonidan keng tadqiq etilgan. Dante asarlari jahon xalqlarining ko’pgina tillariga tarjima qilingan. “Ilohiy komediya” dostonining “do’zax” qismi o’zbek tilida Abdulla Oripov tarjimasida nashr etilgan (1978). As: Bojestvennaya komediya, M., 1961. Ad.: Golenitshev-Kutuzov I ., Tvorchestvo Dante i mirovaya literatura, M., 1971; Komilov N., Ibn Sino va Dante, T., 1983; Sulaymonova F., Sharq va G’arb, T., 1997; Komilov N., Tafakkur karvonlari, T., 1999. Najmiddin Komilov.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Sun'iy intellekt javobi:

Dante Aligieri (1265–1321) — mashhur italyan shoir, yozuvchi va falsafachi bo‘lib, asosan “Alighieri” familiyasi bilan tanilgan. U o‘rta asr italyan adabiyoti va madaniy hayotining eng muhim shakllovchilaridan biri hisoblanadi. Dante hozirgi zamondagi italyan tilining shakllanishida muhim rol o‘ynagan, chunki u ijodining ko‘pchiligini ona tilida yaratgan, o‘sha paytda ko‘pchilikning asarlar lotin tilida yozilgan.

Hayoti va ijodi

Dante 1265-yilda Florensiyada tug‘ilgan. Uning oilasi aristokratik, ammo siyosiy mojaro sabab oilaning holati murakkablashgan. Dante yoshligidan adabiyot va falsafa bilan shug‘ullangan, va keyinchalik siyosatda faol bo‘lgan. 1302-yilda siyosiy qarama-qarshiliklar sabab u Florensiyadan haydalgan va qariyb o‘n yil qochqinlikda yashagan.

Dante ijodining eng mashhur asari — “La Divina Commedia” (Ilohiy komediya), bu epik poema uch qismdan iborat: "Inferno" (Jahannam), "Purgatorio" (Tozalash joyi) va "Paradiso" (Jannat). Ushbu asar inson ruhining olamdagi sayohatini tasvirlaydi, shuningdek diniy, axloqiy va falsafiy mavzularni chuqur o‘rganadi.

“Ilohiy komediya” ning ahamiyati

“Ilohiy komediya” dunyo adabiyotining eng yirik asarlaridan biri hisoblanadi. Bu asar ko‘plab tillarga tarjima qilingan va o‘z davrining diniy, madaniy va siyosiy hayotini yoritadi. Dante bu asarda inson qalbidagi tozalik, gunoh va najot mavzularini yuksak badiiy darajada ifoda etgan.

Uning yozuvi milliy italyan tiliga asos bo‘lib xizmat qilgan, bu esa keyinchalik italyan adabiyotining rivojlanishiga hissa qo‘shgan. Dante yaratgan obrazlar va ramzlar hali ham tahlil qilinadi va ko‘plab san'at, adabiyot, kino va teatr asarlarida foydalaniladi.

Dante Aligierining merosi

Dante nafaqat adabiyotda, balki falsafada, teologiyada va madaniyatda katta ta’sir ko‘rsatdi. Uning asarlari o‘rta asrdan keyingi Yevropa madaniyatining shakllanishiga salmoqli hissa qo‘shdi. Bugungi kunda Dante Florensiyada va butun Italiyaning ramzi sifatida hurmat qilinadi.

Dante Aligieri haqida ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan, va uning asarlari dunyo bo‘ylab universitetlarda o‘rganiladi, tarjima va tahlil qilinadi. U o‘z zamonasining va butun insoniyat madaniyatining yuksak yulduzi bo‘lib qolmoqda.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz