DANJUA (DENJOY) ARNO



DANJUA (DENJOY) ARNO (1884.5.1, Osh, jer departamenti — 1974.27.1) — frantsuz matematigi, Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1942), Parij universiteti professor (1922). Sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasi xorijiy a’zosi (1971). Asosiy ishlari haqiqiy o’zgaruvchining funktsiyalari nazariyasiga oid. Primitiv funktsiya haqidagi klassik masalaning to’la yechimini bergan. O’zi topgan yangi tushuncha — integral Danjua integrali deb ataladi. Kompleks o’zgaruvchining funktsiyalari nazariyalariga, kvazianalitik funktsiyalarga, topologiyaga oid asarlar muallifi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz