Daniya saroylari (Fabergé tuxumi)
Daniya saroylari tuxumi Imperial Fabergé tuxumi boʻlib, Peter Carl Fabergé nazorati ostida Rossiya imperatorlik oilasi uchun tayyorlangan ellik ikkita tuxumlardan biri hisoblanadi.
Daniya saroylari tuxumi , Peter Karl Fabergé nazorati ostidagi ustaxonada tayyorlangan va Rossiyaning oʻsha paytdagi podshosi Aleksandr III ga topshirilgan. Aleksandr III 1890-yil Pasxa kuni(Masihning tirilishini nishonlash kuni) uni rafiqasi Mariya Feodorovnaga sovgʻa qilgan.
Daniya saroylari tuxumi hozirda Matilda Geddings Gray jamgʻarmasiga tegishli va Nyu-Yorkdagi Metropolitan sanʼat muzeyida saqlanmoqda.
Tuxum dizayni
Daniya saroylari tuxumi oltindan tayyorlangan.Tuxum yuzasi pushti emal bilan qoplangan va tashqi qismi oʻn ikki qismga boʻlingan.
Daniya saroylari tuxumining balandligi 102 mm, kengligi 67 mm ni tashkil qiladi. Tashqi yuzasidagi oltita vertikal chizigʻi va uchta gorizontal chizigʻi emallangan panellarni bir-biridan ajratib turadi. Panellarni ajratib turadigan chiziqlarning har bir kesishmasida zumrad bor va tuxum yulduz shaklidagi safir atrofida nurlantiruvchi barglar medalyoni bilan tojlangan.
Daniya saroylari tuxumining qarama-qarshi uchi qoʻshimcha akantus barglari bilan bezatilgan. Stend zamonaviy qoʻshimcha hisoblanadi.
Oʻziga xos xususiyati
Tuxum ochilganda oltindan yasalgan 10ta panelli ekran va marvarid koʻzga tashlanadi. Paneldagi marvaridga akvarel bilan ishlov berilgan. 1889-yilda Konstantin Krijitski panellarning barchasiga akvarellar yordamida miniatyuralar chizgan. Miniatyuralarda ekran boʻylab chapdan oʻngga qarab quyidagilar tasvirlangan:
Tuxum tarixi
Aleksandr III 1890-yil 30-martda Fabergé doʻkonidan
Daniya saroylari tuxumini oldi va 1-aprelda tuxumni rafiqasi Mariya Feodorovnaga sovgʻa qildi. 1893-yil yanvar oyida
Daniya saroylari tuxumi Gatchina saroyiga joylashtirildi va 1917-yilgi inqilobgacha u yerda saqlandi. 1917-yilda
Daniya saroylari tuxumi imperiya tuxumlarining qolgan qismi bilan birga Kreml qurol-yarogʻ saroyiga yuborildi. 1922-yilning boshida tuxum Sovnarkomga topshirildi, keyin 1927-yilning yozida yana qurol-yarogʻ saroyiga koʻchirildi.
Daniya saroylari tuxumi 1930-yilning aprel oyida Rossiyadan tashqarida sotish uchun 11 ta tuxum bilan birga tanlab olindi va oʻsha yilning oxirida Hammer gallereyasiga 1500 rublga sotildi. Hammer gallereyasi
Daniya saroylari tuxumini 1935-yilda 25 000 dollarga sotish uchun reklama qilgan va 1937-yil noyabrida Nyu-Yorklik Nikolas H. Lyudwigga sotilgan. Tuxum 1962-yildan 1971-yilgacha boʻlgan vaqt oraligʻida xususiy kolleksionerga tegishli edi. Keyinchalik
Daniya saroylari tuxumi 1972-yilda Matilda Geddings Gray kollektsiyasidan topilgan. Hozirgi kunda
Daniya saroylari tuxumi Matilda Geddings Gray jamgʻarmasiga tegishli hamda Nyu-York shahridagi Metropolitan sanʼat muzeyida namoyish etilmoqda.
Yana qarang
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org