Daniya — Misr munosabatlari
Daniya — Misr munosabatlari Daniya va Misr oʻrtasidagi tashqi iqtisodiy savdo aloqalar hisoblanadi. Daniya elchixonasi Qohirada joylashgan, Suvaysh, Port Said va Qohirada konsulliklar ham bor. Misrning Kopengagenda elchixonasi mavjud. Ikkala davlat ham Oʻrta yer dengizi ittifoqiga aʼzo hisoblanadi.
2006-yilda Daniyaning Jyllands-Posten gazetasida Muhammad paygʻambar karikaturalari boʻyicha bahs Daniya va Misr oʻrtasida diplomatik inqirozni keltirib chiqardi.
2008-yilda Per Stig Moellerning Prezident Husni Muborakga tashrifidan so‘ng Muborak ikki tomonlama munosabatlarni yaxshi va samarali deb taʼriflab, iqtisodiy hamkorlik sohasida yanada kengaytirishni qo‘llab-quvvatladi.
Siyosiy munosabatlar
Misr tashqi ishlar vaziri Abul Geyt Daniya Bosh vaziri va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga bir necha maktub yoʻllab, misrliklar Bosh vazirning „Jyllands-Posten“ ni javobgarlikka tortishini istamasligini taʼkidlad. Misr hukumati Yaqin Sharqdagi muammoni hal qilishda yetakchi rol oʻynadi.
Misrning „Al-Fagr“ gazetasi karikaturalarning bir qismini qayta nashr etib, ularni „doimiy haqorat“ va „irqchi bomba“ deb nomladi va ular musulmon diniga eʼtiqod qiluvchi odamlarga kufr keltirishlarini, daniyadagi ozchilik musulmonlarni kamsitishni maqsad qilganliklarini yoki Gʻarb imperializmi tarixidan bexabarlikning koʻrinishi ekanligini daʼvo qilganlar.
Rivojlanishda yordam
1989-yildan 2008-yilgacha Daniya Misrda investitsiya dasturiga ega edi. Misr loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun 6 milliard dollar ajratilgan, Ayn Suxna yaqinidagi Zafarana shamol stansiyasi uchun katta sarmoyta ajratgan.
Yuqori darajadagi tashriflar
2008-yil oktyabr oyida Per Stig Meller Husni Muborakga tashrif buyurdi. Javob tashrifi 2009-yil 17-dekabrda boʻlib oʻtdi. 2007-yilda Misr taʼlim qoʻmitasi delegatsiyasi Daniyaga tashrif buyurdi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org