Daniya — Litva munosabatlari




Daniya va Litva munosabatlari Daniya va Litva oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlar hisoblanadi. Litvaning Kopengagenda elchixonasi bor, Daniya elchixonasi esa Vilnyusda joylashgan . Ikkala davlat ham Yevropa Ittifoqi va NATO aʼzolari sanaladi. Ikki tomonlama munosabatlar 1991-yil 24-avgustda tiklandi.

Tarixi



Litva mustaqillikga erishganidan buyon, Daniya oʻzining siyosiy va iqtisodiy yordamini koʻrsatib kelmoqda. Daniya ham Litvani Yevropa Ittifoqi va NATOda qo‘llab-quvvatlagan. 1990-yillardan 2003-yilgacha Daniya Litvaga 1 milliard AQSH dollari miqdorida yordam koʻrsatdi.

2006-yil Daniyaning Litvaga eksporti 442 million yevroni tashkil etdi. Litvadan import 469 million yevroni tashkil etdi. Daniyaning koʻplab kompaniyalari Litvada shoʻba korxonalarini tashkil etdi.

1991-yildan Daniya va Litva harbiy mudofaa sohasida hamkorlik qilib kelmoqda. Hozirda faol tarzda Litva Daniya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi.

2003-yil 2-mayda Litva Prezidenti Rolandas Paksas Daniyaga tashrif buyurdi. 2005-yil 2-may va 2008-yil 9-aprel kunlari Daniya Bosh vaziri Anders Fog Rasmussen Litvaga tashrif buyurdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz