Daniil Mironovich Kuguchkov




Daniil Mironovich Kuguchkov (1897.20.12, hozirgi Stavropol oʻlkasi, Georgiyev tumani — 1970.11.4, Samarqand) — tuproqshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1958), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1955), professor (1957). Orjonikidzedagi Gorek qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1931). Oʻzbekiston qishloqxoʻjaligi institutining tuproqshunoslik va umumiy dehqonchilik kafedrasi mudiri (1934—70). K. karbovatlar bilan shoʻrlangan tuproqlar tasnifini ishlab chiqdi. Zarafshon vodiysidagi gidromorf tuproqlarda shoʻrlanishning yangi — karbonat-magniyli turini aniqladi va uning ekinlarga zararli taʼsirini isbotlab berdi, drevaj va yer osti suvlarini tadqiq etdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz