Daniil Demutskiy




Daniil Porfiryevich Demutskiy (1893—1954.7.5, Kiyev) — kinooperator. Oʻzbekistonda (1944) va Ukrainada (1954) xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. "Ikki kun", "Arsenal", "Yer" kabi filmlari bilan shuhrat qozongan. Urush yillari Toshkent kinostudiyasida ishlab "Nasriddin Buxoroda", "Tohir va Zuhra", "Nasriddinning sarguzashtlari" filmlarini suratga olgan. Davlat mukofoti laureati (1952).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz