Danielle Bowman
Danielle Josephine Dani Bowman (talaffuzi: Daniyel Bovmen; 1988-yil 31-oktyabrda tugʻilgan) — ingliz futbol murabbiyi va isteʼfodagi xalqaro futbolchi. Hozirda „West Ham United“ning asosiy murabbiyi.
Klublardagi faoliyati
Bowman (oʻsha paytda familyasi Buet edi) 2015-yilgi mavsum boshida Chelseadan Notts County Ladiesga qoʻshildi.
2007-yilda Arsenal Ladiesdan Chelseaga oʻtgan. Bunga asosiy jamoaning imkoniyatlari yoʻqligi va klub turnirda qatnashganiga qaramay, unga UEFA ayollar kubogi medalini bermagani sabab boʻlgan. Bowman Chelseadagi debyutida ikkita gol urdi, Angliya Premer-ligasi kubogida Crewe Alexandra ustidan 9:1 hisobida gʻalaba qozondi.
2008-yil oktyabr oyida u FA ayollar Premer-ligasining sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Oʻsha mavsumda Buet va Chelsea Angliya ayollar kubogi yarim finalida Shimoliy divizionda Sunderlanddan magʻlubiyatga uchraganidan umidsizlikka tushishdi.
Terma jamoadagi faoliyati
Buet Angliyada 17 yoshgacha va 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoalarida oʻynagan va 19 yoshgacha boʻlgan Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan jamoa aʻzosi edi. U 2009-yil mart oyida Janubiy Afrikaga qarshi oʻyinda Emily Westwoodning ikkinchi boʻlimda oʻrniga maydonga tushib, oʻzining kattalar safidagi debyutini qildi, oʻtgan sentyabr oyida kattalar tarkibiga birinchi chaqiruvni olgan edi. Uning birinchi kattalar starti xuddi shu oyda Shotlandiyaga qarshi 3:0 hisobida gʻalaba qozonganida boʻlgan. 2009-yilning avgustida u bosh murabbiy Hope Powellning Yevro-2009 uchun jamoasiga kiritildi.
Shaxsiy hayoti
U Maidstonedagi St. Simon Stok-katolik maktabida, keyin esa Loughboro universitetida iqtidorli sportchilar uchun stipendiya asosida oʻqitiladigan joyda tahsil olgan.
2019-yilning yozida Danielle turmushga chiqdi, Bowman familiyasini oldi.
Manbalar
uz.wikipedia.org