Danielle Bisutti
Danielle Nicole Bisutti (talaffuzi: Daniyelli Nikol Bisutti; 1976-yil 1-oktyabrda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi. U Nickelodeonda efirga uzatilgan teleserial — True Jackson, VPdagi Amanda Cantwel roli, 2018-yilgi God of War videooʻyinidagi Skandinaviya maʼbudasi Freya va uning 2022-yildagi davomi hisoblangan God of War Ragnarök dagi rollari bilan omma nazariga tushgan ekran va dublyaj aktrisadir.
Yoshligi
Bisutti Los Angeles (Kaliforniya)da tugʻilib oʻsgan. U Diana (qizlik familyasi: Ferrare) va Richard Bisuttilarning qizidir. Uning otasi 20 yil davomida kino va televidenieda dekorator sifatida faoliyat olib borgan. Uning xolasi model Cristina Ferraredir. Bisutti italyan millatiga mansub.
Oʻrta maktabda u koʻngilochar biznesga boʻlgan sadoqatini amalga oshirish uchun bir nechta imkoniyatlarni oʻrganadi. U teatr, xor, raqs, notiqlik va bahs-munozaralar, shuningdek, sport faoliyati bilan shugʻullangan.
Aktyorlik faoliyati
Los Angelesda tugʻilib oʻsgan Bisutti California shtatining Fullerton universitetida tahsil olgan hamda u yerda aktyorlik va musiqali teatr boʻyicha bakalavr darajasini olgan. CSUFda qatnashayotganda u IIrene Ryan tanlovida eng yaxshi aktrisa uchun bir necha bor nomzod boʻlgan va New York shahridagi Lincoln Center teatrida ikkinchi oʻrinni egallagan. Michael Butler Bisuttini Californiadagi „Hair“ spektaklidagi Sheila rolida payqab qoladi va aktyorlarni Chicagoga Demokratik partiyaning milliy konvensiyasida qatnashish uchun olib keladi. Konvensiya „Yangi Athenaeum“ teatrida besh hafta davom etadi.
2018-yilda Bisutti God of War videooʻyinida, keyinchalik, urush maʼbudasi ekanligi maʼlum boʻlgan oʻrmon jodugari Freya uchun dublyajda ovoz beradi. U oʻz ishi uchun maqtovga sazovor boʻladi va 15-Britaniya Akademiyasi mukofotlari taqdirlash marosimida videooʻyindagi eng yaxshi ijro uchun BAFTA mukofotiga nomzod boʻladi. Lekin uning hamkasbi Jeremy Daviesga imkoniyatni boy beradi.
Qoʻshiqchilik faoliyati
Dastlab u yozgan „Venice Underground“, „April Moon“ hamda In the Presence of kabi qoʻshiqlari mustaqil badiiy filmlarda ishlatilgan. 2003-yilgi Los Angeles musiqa mukofotlarida u „Eng yaxshi ayol qoʻshiqchi/qoʻshi muallifi“ mukofotini qoʻlga kiritadi. Shuningdek, ushbu marosimda uning Glimmer qoʻshigʻi
"Yilning AAA albomi " nominatsiyasiga nomzod boʻladi. Shuningdek, „In Passing“ nomli taronasi „Yilning mustaqil AC singli“ uchun bir ovozdan mukofotga sazovor boʻladi. 2004-yil sentabr oyida Bisutti Temecula vodiysi xalqaro kino va musiqa festivalida chiqish qiladi. U yerda In Passing taronasi TVIFFning "Eng yaxshi musiqa sanʼatkori kompilyatsiya diski" uchun tanlangan va Music Connection jurnali Bisuttini 2004-yilgi „Eng qaynoq sanʼatkorlar 100taligi“ tarkibiga kiritgan.
Filmografiyasi
Filmlarda
Televizion rollari
Videooʻyinlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org