Daniele Ragatzu




Daniele Ragatzu (talaffuzi:  Daniele Ragatsu) (1991-yil 21-sentyabrda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi. Daniele Ragatzu hozirgi kunda Italiya C seriyasining vakili „Olbia“ klubida hujumchi sifatida faoliyat yuritadi.


Klublardagi oʻyin faoliyati



Caliari



Sardiniyalik Daniele Ragatzu „Caliari Calcio“ klubida yoshligidan boshlab futbol oʻynaygan.Daniele Ragatzu 2009-yilning 1-martida „Torino“ga qarshi oʻyinda A Seriyadagi birinchi uchrashuvini oʻtkazdi. Daniele Ragatzu 2009-yil 10-aprel kuni A seriyadagi ilk golini „Fiorentina“ klubi darvozasiga kiritdi. 2009—2010-yilgi mavsumda Ragatzu A Seriyada 2 ta, 2010-yil 3-aprelda "Milan " klubi darvozasiga bitta gol urdi.

Verona



2013-yil 8-yanvarda „Verona“ klubi Daniele Ragatzu bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi. Xuddi shu transfer oynasida Daniele Ragatzu „Pro Vercelli“ klubi uchun ijarag berildi.

„Verona“ klubi 2013-yilda ikkinchi oʻrinni egallagan holda A Seriyani yakunladi. Daniele Ragatzu A Seriyaning 2013—2014-yilgi mavsumida „Verona“ klubi safida 32-raqamli futbolka bilan faoliyatida davom ettirgan.

Biroq, 2014-yil 20-yanvarda Daniele Ragatzu vaqtinchalik shartnoma asosida B Seriya vakili „Lanciano“ klubiga ijara asosida oʻtkazildi.

Pro Vercelli



Daniele Ragatzu 2014-yining yozida „Pro Vercelli“ klubi bilan shartnoma imzoladi.

Daniele Ragatzu 2014—2015-yilgi mavsumda B seriya vakili „Pro Vercelli“ klubi uchun 23-raqamli futbolkada maydonga tushdi.

Rimini



2015-yilning 17-iyulida Daniele Ragatzu va „Pro Vercelli“ klubi ikki tomon oʻrtasidagi oʻyinchi shartnomasini bekor qilishga kelishib oldilar. Xuddi shu transfer oynasida „Rimini“ klubi Daniele Ragatzu bilan shartnoma imzoladi. Ragatzu 2016-yilning 1-fevralida chap oyog‘idan operatsiya qilindi.

Mavsum oxirida „Rimini“ klubi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli professional ligadan chetlatildi.

Olbia



Daniele Ragatzu 2016-yilning 16-iyulida Pro-Liganing yangi jamoasi „Olbia“ klubi tarkibiga qoʻshildi.


"Cagliari" klubiga qaytish



2018-yilning 29-yanvarida Daniele Ragatzu „Cagliari“ klubi bilan 2021-yilgacha shartnoma imzoladi. „Cagliari“ klubi Daniele Ragatzuni 2019-yilning 30-iyuniga qadar „Olbia“ klubiga ijaraga berdi.


"Olbia" klubiga qaytish



Daniele Ragatzu 2020-yilning 10-noyabrida 2020—2021-yilgi mavsum oxirigacha „Olbia“ klubida faoliyatini davom ettirdi. 2021-yil 14-mayda Daniele Ragatzu 2021—2022-yilgi mavsum uchun shartnomasini uzaytirdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz