Daniele Paponi
Daniele Paponi (talaffuzi: Daniyel Paponi; 1988-yil 14-aprelda Italiyaning Ankona shahrida tugʻilgan) — italiyalik futbolchi, „Calcio Padova“ klubi hujumchisi.
Klublardagi faoliyati
Paponi oʻz faoliyatini „Ancona“ jamoasida boshlagan. 2004-yilning yozida klub faoliyati tugatilgandan soʻng, Paponi erkin agentga aylangan. Keyin u „Parma“ futbol klubi taklifi bilan jamoaga qoʻshilgan.
U 2005-yil 22-oktyabrda 17 yoshli futbolchi A Seriyadagi debyutini oʻtkazdi, keyinroq 2006—2007-yilgi UEFA kubogida xalqaro oʻyinlarda debyut qildi va ikkita gol urdi. U A Seriyadagi ilk golini 2006-yilning 20-dekabrida „Messina“ futbol klubi darvozasiga kiritgan. Uning kiritgan goli esda qolarli boʻlgani bois, bu zarbaga „chayon zarbasi“ laqabini berishgan. Keyinchalik u liganing mavsumdagi eng yaxshi toʻplaridan biri deb topildi. Biroq, Paponi 2007—2008-yilgi mavsumda asosiy jamoaning tarkibiga kiritilmagan. Shuning uchun u 2008-yilning yanvarida B Seriyaning „Cesena“ jamoasiga ijaraga berildi va u yerda futbolchi 21 oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishgan.
2010-yilning yozida „Parma“ futbol klubi Paponini Gabriele Paonessa oʻrniga „Bologna“ futbol klubiga oʻtkazgan.
2013-yilning 19-aprelida Paponi sinovdan o‘tib, MLSning „Monreal Impact“ futbol klubiga ijaraga berilgan. U „Monreal Impact“ futbol klubi safidagi debyutini 24-aprel kuni Kanada chempionati yarim finalining birinchi oʻyinning 60-daqiqasida Kalum Malles oʻrniga maydonga tushib, „Toronto“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan. U MLSdagi debyutini 27-aprel kuni „Chicago Fire“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazib, golli uzatmani amalga oshirdi. 2-may kuni Kanada chempionati yarim finalida „Toronto“ga qarshi javob o‘yinida u „Monreal Impact“ futbol klubi tarkibidagi birinchi golini urdi. 29-iyun kuni „Colorado Rapids“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u MLSdagi ilk gollarini urdi va dublga erishdi. Shuningdek, 2013—2014-yilgi CONCACAF Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 24-sentyabr kuni Gvatemalaning „Heredia“ jamoasiga qarshi final uchrashuvida yana bir golini urishga erishgan.
Statistika
2022-yil 16-aprel holatiga ko`ra[11]
Manbalar
uz.wikipedia.org