Daniele Orsato
Daniele Orsato - italiyalik futbol hakami 1975 yil 23 noyabrda tavallud topgan.
Faoliyati
Orsato 2010 yilda FIFA referisi etib tan olindi. U JCh-2014 va Evro-2012 saralash o'yinlarida hakam sifatida o`z faoliyatini olib borgan.
Orsato 2012–13, 2013–14 va 2014–15-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi musobaqalarida guruh bosqichi o‘yinlarini nazorat qilgan.
2016 yilda Orsato UEFA Chempionlar Ligasining 2015-16 yilgi mavsumida PSV Eyndxoven va Atletiko Madrid o'rtasidagi 1/8 final uchrashuvini boshqargan.
2017-yilning 14-martida Orsato 2016-17-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi doirasidagi “ Lester Siti ” – “Sevilya” o‘rtasidagi 1/8 final uchrashuvini boshqargan.
2018 yilning 1 iyulida Orsato Xorvatiya va Daniya terma jamoalari o'rtasidagi JCh-2018 o'yiniga VAR hakami etib saylandi.
2019-yil 12-fevral kuni Orsato UEFA Chempionlar Ligasi doirasidagi “Manchester Yunayted” va “PSJ” o‘rtasidagi 1/8 final dastlabki o‘yinini boshqargan. U 10 ta sariq kartochka ko'rsatdi (6 tasi "Manchester Yunayted" va 4 tasi " PSJ ") va 89-daqiqada Pol Pogbani maydondan chetlatdi.
Orsato 2020 yilgi UEFA Chempionlar ligasi finalida Parij Sen-Jermen va Bavariya o'rtasidagi o'yinni nazorat qilgan.
U shuningdek, 2021 yilgi UEFA Chempionlar Ligasi yarim finalidan o'rin olgan "Chelsi" va "Real Madrid" o'rtasidagi javob o'yinini boshqargan.
2020 yilda Orsato IFFHS tomonidan o'sha kalendar yilining eng yaxshi hakami sifatida taqdirlandi.
2022-yil 20-noyabr kuni Orsato mezbon Qatar va Ekvador terma jamoalari o‘rtasidagi 2022-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish o‘yiniga hakam etib tayinlandi. Andoza:UEFA Elite RefereesAndoza:UEFA Champions League Final refereesAndoza:UEFA Euro 2020 refereesAndoza:Serie A Referee of the Year
uz.wikipedia.org