Daniel Sjölund
Henrik Daniel „
Daja “
Sjölund (talaffuzi: Daniyel Shyolund; 1983-yil 22-aprelda tugʻilgan) — Finlandiyalik sobiq futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Djurgårdens IF va IFK Norrköpingda oʻynagan oʻyinlari bilan tanilgan. Finlandiya terma jamoasi safida 37 oʻyin oʻtkazgan.
Faoliyati
Daniel Sjölund Finlandiaga qarashli Aland shahrida joylashgan Finström munitsipalitetida tugʻilgan. Oʻz faoliyatini IF Finströms Kamraternada boshlagan. Keyinchalik IFK Mariehamn va IF Brommapojkarnada oʻynagan. Finlandiya yoshlar jamoalari safida ajoyib oʻyinlardan soʻng atigi 16 yoshida West Ham United bilan shartnoma imzoladi. 2000-yilda Liverpool bosh murabbiyi Gérard Houllier isteʼdodli hujumchi uchun 1 million funt sterling toʻlashga rozi boʻldi. „Liverpool“da asosiy tarkibga kira olmaganidan soʻng, Sjölund Djurgårdenga 2003-yilgi mavsumda avval ijara, keyin esa doimiy shartnoma asosida qoʻshildi. Djurgården bilan ikki marta Shvetsiya chempionligi va ikki marta Shvetsiya kubogini qoʻlga kiritgan. 2005-yilgi mavsum Sjölundning Djurgården bilan liga doirasida yettita gol urgan.
17 yoshidan boshlab 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar safida doimiy oʻynagan Sjölund 2003-yilning 22-mayida Norvegiyaga qarshi oʻyinda Finlandiya terma jamoasi safida debyut qilgan. Finlandiya terma jamoasi safida 2001-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan
2012-yil sentabr oyida Sjölund Djurgårdendagi 200-raqamli futbolkada ligadagi 200-oʻyinini oʻtkazdi. Ammo bir necha oy oʻtgach, klub shartnomani uzaytirmasligini eʼlon qildi.
Sjölund 2013-yil 4-fevralda Åtvidabergs FF bilan shartnoma imzoladi va ikki mavsum davomida klubda oʻynadi. 2014-yilgi mavsumda mahalliy raqib IFK Norrköping bilan oldindan shartnoma imzoladi va 2015-yilgi mavsumda jamoaga qoʻshildi.
Sjölund IFK Mariehamn bilan 2019-yilgi mavsum uchun qayta shartnoma imzoladi. Oktyabr oyi oʻrtalarida Sjölund futbolchilik faoliyatini yakunlagani eʼlon qilindi.
Sjölund nafaqaga chiqqanidan bir yil boʻlmasidan Finlandiya toʻrtinchi ligasidagi Aland klubiga oʻtdi. 2021-yilning noyabrida Sjölund Aland bilan murabbiy sifatida uch yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.
Shaxsiy hayoti
Sjölundning singlisi Annica Sjölund ham Finlandiya terma jamoasi safida 2009-yilda Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2009 musobaqasida qatnashgan
Faoliyat statistikasi
26-sentyabr, 2019-yil
Xalqaro gollari
17-oktyabr, 2010-yil(2010-10-17) holatiga koʻra
Xalqaro
14-noyabr, 2012-yil
Yutuqlari
Klub
Djurgårdens IF
IFK Norrköping
Individual
Manbalar
uz.wikipedia.org