Daniel Quillen




Daniel Quillen (talaffuzi: Daniel Kvillen) (22-iyun 1940-yil — 30-aprel 2011-yil) — amerikalik matematik. Quillen yuqori algebraik K-nazariyaning „bosh meʼmori“ sifatida tanilgan, shu yoʻnalishdagi ishlari uchun 1975-yilda Cole mukofotiga va 1978-yilda Fields medaliga sazovor boʻlgan.

Quillen Orange shahrida tugʻilgan. U Harvard universitetiga oʻqishga kirgan va 1961-yili u erda bakalavr darajasini olgan. 1964-yili Quillen qisman differentsial tenglamalar sohasida Raoul Bott rahbarligi ostida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Quillen doktorlik darajasini olganidan keyin, Massachusets texnologiya institutiga ishga joylashgan. Shu bilan birga, u bir necha yil davomida boshqa qator universitetrda faoliyat yuritgan. Bu tajriba unga tadqiqot yoʻnalishini aniqlashda koʻmaklashgan. Quillen 1969–1970-yillarda Princeton shahridagi Perspektiv tadqiqotlar institutining chaqirilgan aʻzosi boʻlgan va u yerda Michael Atiyah taʼsiri ostida boʻlgan.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz