Daniel Noboa
Daniel Roy Gilchrist Noboa Azín (/noʊˈboʊə/ noh-BOH-ə; 1987-yil 30-noyabr) - ekvadorlik biznes maʼmuri, siyosatchi va banan sanoatidagi tadbirkor. 2023-yilgi saylovda gʻalaba qozonib, Ekvador prezidenti etib saylangan. 35 yoshida prezidentlikka saylangan Daniel Noboa mamlakat tarixidagi eng yosh prezidentga aylandi.
2021-yildan 2023-yilgacha Ekvador Milliy Assambleyasi aʼzosi boʻlgan. Mazkur Milliy Assambleya prezident Guillermo Lasso qoʻllagan muerte cruzada mexanizmidan keyin tarqatib yuborilgan. Siyosiy karerasidan oldin Noboa Ekvador prezidentligi uchun besh marta nomzodligi muvafaqqiyatsiz boʻlgan otasi Álvaro Noboa asos solgan eksport biznesi Noboa korporatsiyasida bir nechta lavozimlarda ishlagan. Daniel otasining kompaniyasi va boyligi merosxoʻri sifatida koʻriladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org