Daniel Michio Tani




Daniel Michio Tani (inglizcha: Daniel Michio Tani) amerikalik NASA astronavti boʻlib, umumiy davomiyligi 131 kun 18 soat 4 daqiqa 32 soniya boʻlgan 2 martalik kosmik parvozni amalga oshirgan fazogir. Michio Tani fazoda 6 marta davomiyligi 39 soat 11 daqiqa boʻlgan kosmik yurishni amalga oshirgan.

Biografiyasi




Daniel Tani 1961-yil 1-fevralda Ridli Parkda (inglizcha: Ridley Park) , Pensilvaniyaning Delaver okrugida dunyoga kelgan. Keyin Danielning oilasi Illinoys shtatining DuPage okrugiga, Lombardga koʻchib oʻtishgan (inglizcha: Lombard). Daniel 1979-yilda oʻrta maktabni bitirgan.

1984-yilda Daniel Tani Massachusets Texnologiya Institutining (Kembrij, Massachusets) mashinasozlik boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Toʻrt yil oʻtgach, Daniel Tani institutning fan boʻyicha magistrlik darajasini olgan.

1984-yildan 1986-yilgacha Tani Kaliforniyaning Los-Anjeles okrugidagi „Hughes Aircraft Corporation“ kosmik va telekommunikatsiya tizimlari guruhida muhandis-dizayner boʻlib faoliyat yuritgan. 1988-yilda fan magistri darajasini olgandan soʻng, Daniel Virjiniya shtatining Dalles shahridagi „Orbital Sciences“ korporatsiyasida faoliyat yuritgan. Dastlab, Tani katta muhandis-konstruktor boʻlib ishlagan, soʻngra orbitani uzatish yuqori bosqichining parvoz direktori etib tayinlangan (inglizcha: Transfer Orbit Stage). 1994-yilda Daniel „Pegasus Launch Vehicles“ dasturining ishga tushirish operatsiyalari menejeri etib tayinlangan. Daniel u yerdagi faoliyati davomida ishga tushirish boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqib, boshqaruv xonasida muhandislik guruhini boshqargan.

NASAdagi faoliyati



1996-yilda Daniel NASA astronavtlar korpusining 16-chi ishga qabul qilishda qatnashdi va NASAga qabul qilindi. OKPning toʻliq kursida tahsil olib, soʻngra parvoz mutaxassisi malakasini qoʻlga kiritgan. U kompyuterni qoʻllab-quvvatlash boʻlimiga ishga tayinlangan. Keyin Tani transportdan tashqari faoliyat boʻlimiga oʻtkazilgan.

2001-yil 29-yanvarda Daniel Tani „Space Shuttle“ dasturining 107-parvozi ekipajiga tayinlangan.

Birinchi parvozi



Daniel Tani parvoz mutaxassisi sifatida oʻzining ilk parvozini Endeavour STS-108 kemasida amalga oshirgan. Parvozning davomiyligi 2001-yilning 5-17-dekabr kunlari, 11 kun 19 soat 35 daqiqa 43 soniyani tashkil qilgan.

Parvoz paytida, 10-dekabr kuni astronavtlar Linda Godvin va Daniel Tani 4 soat 12 daqiqa (UTC 17:52 dan 22:04 gacha) davom etgan kosmik yurishni amalga oshirishgan.

2006-yil iyun oyida Tani Oleg Kononenko va Sergey Volkov bilan birgalikda Sevastopolda suvga tushgan transport vositasi favqulodda qoʻngan taqdirda ishlash uchun mashgʻulot oʻtkazgan. Shuningdek, Roskosmos va NASAning qoʻshma qarori bilan Daniel Tani ISS-16 ning asosiy ekipaji safiga kiritilgan.

Ikkinchi parvozi



Danielning navbatdagi parvozi 2007-yilning 23-oktabr kuni soat 15:38 (UTC) da „Space Shuttle Discovery“ STS-120 ekipajining 5-reysi boʻyicha parvoz mutaxassisi sifatida boshlangan. 25-oktabr kuni Xalqaro Kosmik Stansiya bilan tutashuv amalga oshirilgan hamda Tani 16-ekspeditsiyaning asosiy ekipajida astronavt Kleyton Andersonni almashtirgan.

Parvoz paytida Daniel Tani beshta kosmik yurishni amalga oshirgan:

Tani 2008-yil 18-fevralda Atlantis STS-122 kemasida Yerga tushgan. Qoʻnish 20-fevral kuni Kanaveral burni yaqinidagi Kennedi kosmik markazidagi 15-qoʻnish yoʻlagida boʻlib oʻtgan. Fazoviy missiyaning umumiy davomiyligi 119 kun 22 soat 28 daqiqa 49 soniyani tashkil qilgan.

Shaxsiy hayoti



Tani uylangan, uch farzandi bor. Kosmonavtning hobbilari: golf, uchish, yugurish, tennis, musiqa hamda ovqat tayyorlash.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz