Daniel Day-Lewis
Sir Daniel Michael Blake Day-Lewis (1957-yil 29-aprelda tugʻilgan) — Britaniya va Irlandiya fuqaroligidagi ingliz aktyori. Kino tarixidagi eng buyuk aktyorlardan biri sifatida tan olingan. Eng yaxshi aktyor uchun uchta Oscar mukofotini qoʻlga kiritgan yagona aktyor va uchta Oscarni qoʻlga kiritgan tarixdagi uch ijrochidan biridir. Toʻrtta BAFTA, ikkita Oltin Globus va uchta Screen Actors Guild Awards mukofotlari sovrindori. 2014-yilda Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlandi va unga ritsarlik unvoni berildi. 2013-yilda u Time jurnali tomonidan dunyodagi eng nufuzli yuz kishidan biri sifatida tan olingan
Day-Lewis yakka turmush tarzini olib boradi, deyarli intervyu bermaydi va kamdan-kam hollarda jamoat oldida paydo boʻladi. 2017-yilda u faoliyatini yakunlaganini maʼlum qilgan.
Filmografiya
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org