Daniel Candeias




Daniel João Santos Candeias (talaffuzi: Daniel Kandeyas; 1988-yil 25-fevralda tugʻilgan) — portugaliyalik professional futbolchi, Turkiyaning „Alanyaspor“ klubi qanot himoyachisi. Primeirada 134 ta oʻyin oʻtkazib, 15 ta gol urgan, shuningdek, Ispaniya, Germaniya, Fransiya, Turkiya va Shotlandiya ligalarida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati



Porto



Fornos de Algodres shahrida tugʻilgan Candeias professional faoliyatini 2008—2009-yilgi mavsumda „Porto“ klubida boshlagan, klubning yosh toifadagi jamoasidan oʻtib, ikkinchi divizionda „Varzim“ klubida ijarada oʻynagan. Avgust oyi oxirida Supertaça Cândido de Oliveirada Sporting CPga qarshi oʻyinda (2:0) rasmiy debyut qildi.

Nacional



2010-yil oktyabr oyida Candeias birgalikda egalik shartnomasi asosida CD Nacional jamoasiga oʻtdi. Koʻp oʻtmay Portimonense SCga ijaraga berildi, muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tushdi, klub quyi ligaga tushib ketdi

Benfica



2014-yil 3-iyulda Candeias Portugaliya chempioni SL Benfica bilan shartnoma imzoladi. Hech qanday raqobatbardosh oʻyinlarda qatnasha olmadi. Keyinchalik Germaniyaning 1. FC Nürnberg klubida Ispaniyaning „Granada“, Fransiyaning „Metz“ va Turkiyaning „Alanyaspor“ klublarida ijara asosida oʻynadi.

Rangers



2017-yilning 11-iyunida Candeias Shotlandiyaning „Rangers“ klubiga ikki yillik shartnoma asosida qoʻshildi, transfer narxi 700 000 funt sterlingga teng boʻldi. 18 kundan soʻng debyutini oʻtkazdi va UEFA Yevropa ligasida „Progrès Niederkorn“ ga qarshi oʻyinda 31 daqiqa oʻynadi.

Candeias oʻzining yangi jamoasi safidagi birinchi golini 2017-yilning 9-avgustida Shotlandiya Liga kubogi doirasida „Dunfermline Athletic“ga qarshi oʻyinda (6:0) kiritdi. 2018-yilning 14-martida shartnomasini 2020-yilning yozigacha uzaytirdi.

Turkiyaga qaytish



2019-yilning 22-iyulida Candeias Turkiya Superligasining „Gençlerbirligi“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Mavsum yakunida jamoa quyi ligaga tushib ketishdi, xuddi shunday shartnoma asosida „Alanyaspor“ga qaytdi.

Xalqaro faoliyati



2008-yilda „Porto“da debyut qilganidan soʻng, Candeias tez orada Portugaliyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirildi. Oʻsha yilning 5-sentyabrida oʻzining birinchi oʻyinida jamoasi gʻalaba qozondi va 2009-yilgi UEFA Yevropa chempionati saralashida Angliyaga safarda Vieirinhaning oʻrniga 58-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Portugaliya 2:0 hisobida magʻlub boʻldi.

Faoliyat statistikasi




20-iyul, 2019-yilgi holat boʻyicha[19]

Klublarda




Xalqaro faoliyati




Yutuqlari



Porto

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz