Daniel Armstrong
Daniel Armstrong (talaffuzi: Daniyel Armstrong) (1997-yil 10-oktyabrda tugʻilgan) — shotlandiyalik futbolchi. Daniel Armstrong hozirda „Kilmarnock“ futbol klubi jamoasida qanot himoyachisi sifatida faoliyat olib bormoqda. Daniel Armstrong avvalroq „Wolverhampton Wanderers“, „Dunfermline Athletic“, „Ross County“ va „Raith Rovers“ futbol klublarida oʻynagan.
Faoliyati
Daniel Armstrong oʻzining futbolchilik faoliyatini Shotlandiyaning „Hamilton Academical“ futbol klubining yoshlar jamoasi safida boshlagan. Yoshlar klubida deyarli 10 yil shugʻullangandan soʻng, Daniel Armstrong 2015-yil 27-oktyabrda EFL chempionati vakili „Wolverhampton Wanderers“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu shartnomaning amal qilish muddati tomonlar kelishuviga koʻra uch yil deb belgilandi.
Daniel Armstrong asosan „Wolverhampton Wanderers“ futbol klubining yoshlar jamoasida oʻynaganidan soʻng, 2018-yil yanvar oyi oxirida Shotlandiya chempionati vakili „Dunfermline Athletic“ futbol klubi jamoasiga ijaraga berildi. Bunga sabab futbolchi asosiy jamoada futbol oʻynash istagini bildirgan edi. Daniel Armstrongning yangi klubdagi ilk oʻyini „Livingston“ futbol klubi bilan 0:0 hisobida durang oʻynagan uchrashuvda Andy Ryanning ikkinchi boʻlimda oʻrniga maydonga tushishi boʻldi.
Daniel Armstrong 2017—2018-yilgi mavsum oxirida klubni tark etdi. Armstrong keyin „Raith Rovers“ futbol klubi bilan qisqa muddatli shartnoma imzoladi va „Kirkcaldy“ futbol klubi uchun 11 oʻyinda beshta gol urdi. Daniel Armstrong 2019-yil yanvar oyida Shotlandiya chempionati vakili „Ross County“ futbol klubiga oʻtdi. Daniel Armstrong „Ross County“ futbol klubi uchun ilk oʻyinida „East Fife“ futbol klubiga qarshi oʻyinda gol urdi. Armstrong 2019-yil 2-sentyabrda „County“ futbol klubini tark etdi va keyin 2019-yil oktyabrda „Raith Rovers“ futbol klubi safiga qaytdi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org