Daniel Šarić
Daniel Šarić (talaffuzi: Daniel Sharich) (1972-yil 4-avgust, Rijekada tugʻilgan) — xorvatiyalik sobiq futbolchi, oʻng qanot himoyachisi. Uning ismi baʼzan
Danijel Šarić deb yoziladi. Šarić xakqaro maydonda Xorvatiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan va terma jamoa oʻyinlariga 6 ta mavsumda jalb qilingan.
Klubdagi faoliyati
Rijekada tugʻilgan Daniel Šarić professional futbolchilik faoliyatini 1989-yilda mahalliy „NK Rijeka“ klubida boshlagan. U 1993-yilda Ispaniyaning „Sporting de Gijon“ klubiga oʻtgan va u yerda bir necha mavsum oʻtkazgan. 1995-yilda Daniel Šarić Zagrebning „Dinamo“ klubi bilan shartnoma imzolab, Xorvatiyaga qaytgan. „Dinamo“da besh yil oʻynagach, u 2000/2001-yilgi mavsum uchun Gretsiyaning „Panathinaikos“ klubi bilan shartnoma imzolagan va klub safiga borib qoʻshilgan. Daniel Šarić 2003-yilning yoziga qadar „Panathinaikos“da qolgan, keyin esa „NK Rijeka“ jamoasiga qaytib klub bilan toʻrt yillik shartnoma imzolab, yana bir bor oʻz shahriga qaytgan. Šarić 2007-yilning iyul oyida shartnoma muddati tugaganidan keyin futbolchilik faoliyatini yakunlaganligini eʼlon qilgan.
Xalqaro faoliyati
Šarić 1997—2002-yillarda Xorvatiya terma jamoasining deyarli doimiy aʼzosi boʻlgan. U jami 30 ta xalqaro oʻyinda gʻalaba qozongan, biroq biror marta gol ura olmagan. Uning yagona yirik turniri 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati boʻlib, Šarić Xorvatiya terma jamoasining uchta guruh oʻyinlarining barchasida maydonga tushgan va shu uch uchrashuvning ikkitasida asosiy tarkibda maydinga tushgan.
Statistika
Klub
Xalqaro[2][3][4][5]
Yutuqlari
Rijeka
Dinamo Zagreb
Manbalar
uz.wikipedia.org